120 ming iroqlik tinch fuqaro Mosulda harbiy operatsiya boshlanganidan buyon uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Iroq migratsiya va ko‘chgan shaxslar ishlari bo‘yicha vazirligi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Operatsiya boshlanganidan buyon ko‘chgan shaxslar soni 120680 kishini tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
Qochqinlarning bari maxsus lagerlarda joylashtirilib, birinchi ehtiyoj mollari va oziq-ovqat bilan ta’minlangani bildirildi.
Izoh (0)