Boshqa yo‘lovchilar qatorida Braziliyaning “Shapekoense” jamoasi futbolchilarini olib ketayotganida Kolumbiya osmonida halokatga uchragan samolyotning uchuvchisi havo kemasini boshqarishga yetarli malaka sohibi emas edi. Bu haqda ikkinchi uchuvchining advokati Omar Dyuran bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Layner 29-noyabrga o‘tar kechasi halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 72 yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot ichida futbol bo‘yicha Braziliya A seriyasida harakat qilayotgan “Shapekoense” klubining 27 futbolchisi bo‘lgani ham xabar qilingandi.
Izoh (0)