Misr hukumati “al-Qoida” terrorchi tarmog‘i asoschisi va sobiq yetakchisi Usoma bin Ladenning o‘g‘li mamlakat hududiga kirishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Qohira xalqaro aeroporti xavfsizlik boshqarmasi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Aytilishicha, “al-Qoida” asoschisining o‘g‘li Umar Qatardan Qohiraga uchib kelgan. Ammo pasport nazoratidan o‘tish chog‘ida unga Misr hududida bo‘lish taqiqlangan.
Ma’lum qilinishicha, Umar bin Laden Misrda qora ro‘yxatga kiritilgan. Endilikda u Qohiradan Turkiyaga yo‘l olishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)