IShID jangarilari ular nazorati ostidagi yerlarni tark etib, Kirkuk viloyatining shimoliga qochishga uringan 40 dan ortiq tinch aholi vakilini garovga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ar-Riyod qishlog‘i yaqinida qurolli radikallar guruhi 43 kishini, asosan ayollar va bolalarni qo‘lga oldi. Ular IShID nazorati ostidagi al-Huvayjadan Kirkuk tomonga qochayotgan edi.
Tutqunlarning taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)