Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida AQSh dronlarining zarbasi natijasida IShID guruhining 16 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda, Hama Press nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, operatsiya chog‘ida, shuningdek, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar yo‘q qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)