Yaponiya imperatori Akixito shamollab qoldi va shu bois 16-dekabr, juma kuniga belgilangan barcha rasmiy tadbirlarni qoldirdi. Bu haqda imperator saroyi boshqarmasi bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Akixito saroy marosimlarini tayyorlashda yordam bergan ko‘ngillilar bilan uchrasha olmadi.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, 82 yoshli imperatorning isitmasi baland emas, unda gripp alomatlari aniqlanmadi.
2012-yilda Akixitoning yuragi operatsiya qilingan edi, ammo hozir shifokorlar uning ahvolini yaxshi deb baholamoqda.
Izoh (0)