Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi raundini tashkil etish borasida turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Yaponiyaga tashrifi chog‘ida matbuot anjumanida chiqish qilgan Putin muzokaralar Qozog‘iston poytaxti Ostonada Turkiya vakillari ishtirokida o‘tishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu BMT vositachiligida Jenevada o‘tayotgan muzokaralarga qo‘shimcha bo‘ladi.
Bundan tashqari, Putin Rossiya tomoni Suriya qurolli muxolifati bilan ham muzokaralar olib borayotganini aytdi.
Izoh (0)