Xitoyning manchjur aslli Sin sulolasi vakili bo‘lgan imperatori Syanlunga (1711-1799) oid muhr Parijdagi kimoshdi savdosida 21 million yevroga sotildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ishtirokchilar kimoshdi savdosi davomida artefakt narxini 20 barobardan ko‘proqqa ko‘targan.
Savdolar o‘tgan “Druo” auksion uyi vakillarining so‘zlariga qaraganda, shartnoma mislsiz ahamiyatga ega bo‘ldi. Qizil va oq nefritdan yasalgan muhrga to‘qqizta ajdar tasviri tushirilgan bo‘lib, u bir paytlar Xitoyni qariyb 60 yil boshqargan imperatorga tegishli bo‘lgan va XIX asr oxirida mamlakat hududidan fransiyalik shifokor tomonidan olib chiqib ketilgan. U shifokorning avlodlari tomonidan shu paytga qadar asrab kelingan.
Muhrning yangi egasi xitoylik badavlat kolleksioner ekanligi ma’lum, ammo uning ismi oshkor etilmayapti.
Izoh (0)