Levi’s kompaniyasi xodimlari 19-asr oxirida chiqarilgan New Nevada modeliga mansub jinsiga yangi hayot bag‘ishladi. Bu haqda ishlab chiqaruvchining rasmiy sayti ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Jinsi suv solingan vannada chang va kir qatlamidan bir necha marta tozalandi. Yuz yil ichida mato deyarli to‘liq saqlanib qolganligi aniqlandi, jinsidagi barcha chok va mixparchinlar o‘z holicha qolgan.
Levi’s kompaniyasiga (Levi Strauss & Co.) tadbirkor Livay Stross 1853-yil San-Fransiskoda asos solgan. New Nevada birinchi modeli 1873-yilda chiqarilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=Xr__BlIPois
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)