Rossiyaning Tojikiston hududidagi 201-harbiy bazasi “Uragan” o‘t ochish reaktiv tizimlari divizionini qabul qilib oladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining yordamchisi Yaroslav Roshchupkin “TASS”ga ma’lum qildi.
“201-harbiy bazaning jangovar imkoniyatlari yaqin vaqt ichida yangi bo‘linma — ‘Uragan’ tizimlari divizioni bilan kuchaytiriladi. Ayni paytda texnika yetkazish ishlari yakunlanmoqda, bunda xorijdagi eng yirik harbiy baza shaxsiy tarkibining miqdori xalqaro kelishuvlarda belgilangan chegaralarda qoladi”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq harbiy bazaga yangi komandir tayinlangan edi.
Izoh (0)