Rossiya prezidenti Vladimir Putin Forbes jurnali versiyasi bo‘yicha jahonning eng nufuzli kishilari reytingida ketma-ket to‘rtinchi marta yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Rossiyada, Suriyada, AQShdagi prezident saylovida Rossiya yetakchisi xohlagan narsasiga erishyapti”, — deb yozadi reyting mualliflari.
Forbes tahririyatining fikricha, Rossiya rahbari o‘z nufuzini va ta’sirin deyarli butun sayyoraga yoygan bo‘lib, oxirgi yillarda uning qudrati o‘sib bormoqda. Xususan, jurnalda AQShda uyushtirilgan, prezident saylovi natijalariga ta’sir ko‘rsatgan xakerlik hujumlari tilga olindi.
Ikkinchi o‘ringa AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp qo‘yildi.
“Uning janjallarga immuniteti bor, Kongressning ikkala palatasi ham u tomonda, uning shaxsiy davlati esa milliardlab dollarga teng”, — deb izoh beriladi jurnalda.
Uchinchi pog‘onani jahonning eng nufuzli ayoli, “Yevropa Ittifoqi asosi” — Germaniya kansleri Angela Merkel egalladi.
XXR raisi Si Szinpin to‘rtinchi, Rim papasi Fransisk esa beshinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Bundan tashqari, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sakkizinchi, Facebook asoschisi Mark Sukerberg esa o‘ninchi natijani qayd qildi.
Izoh (0)