Angliyalik 81 yoshli havaskor futbolchi Diki Bortvik ancha keksayib qolganiga qaramay, futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayapti, deya ma’lum qilmoqda “iSport.ua”.
Bortvik 1949-yildan buyon futbol o‘ynaydi. U doimo hujumchi pozitsiyasida o‘ynamasa-da, faoliyati davomida 400 dan ortiq gol kiritganini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, Diki Bortvik biror marta ham qo‘pollik uchun maydondan chetlatilmaganini ma’lum qildi.
So‘nggi 40 yil davomida 81 yoshli futbolchi Dorsetning “Uayk Reynjers” faxriylar jamoasida to‘p surib kelayotgan edi. Ammo shu yili jamoa tarqalib ketdi, Diki esa klubsiz qoldi. O‘shandan buyon u bir nechta xayriya o‘yinlarida ishtirok etdi.
“Muammo shundaki, faxriylar jamoasi soni kamayib bormoqda. Meni ikki haftada hech bo‘lmasa 1 o‘yinga chap qanot pozitsiyasida o‘ynatgan jamoa adashmaydi”, – dedi Bortvik The Mirror nashriga bergan intervyusida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)