KXDR AQSh Kongressining koreys aslli amerikaliklarning Shimoliy Koreyadagi qarindoshlari bilan birlashishiga chaqiruvchi rezolyutsiyasini ma’qullash qarorini keskin tanqid ostiga oldi. Tegishli izoh Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bu tashabbus AQSh ma’muriyati siyosatining jinoiy tabiatini yashirishga qaratilgan hiyladan boshqa narsa emas. Aynan AQSh koreys millatining bo‘linib ketishi uchun to‘liq javobgardir”, — deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, rasmiy Vashington vaziyatni yaxshilash yo‘lida hech qanday qadam tashlamagani yetmaganday, Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashishiga asosiy sababchi hamdir. Xususan, AQSh Janubiy Koreya bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan qo‘shma manyovrlar ana shunday provokatsion qadamlardan biri sifatida baholandi.
Izoh (0)