Hindistonda “Varda” dovulining yaqinlashishi munosabati bilan mamlakat janubi-sharqidagi pastqam yerlarda istiqomat qiluvchi 15 ming kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hind meteorologlarining ma’lumotlariga qaraganda, dovul Tamilnad va Andxra-Pradesh shtatlarining sohilbo‘yi tumanlariga yopiriladi. Shu munosabat bilan baliqchilarga dengizga chiqmaslik tavsiya etildi.
Bundan tashqari, harbiy-dengiz kuchlari va harbiy aviatsiya shay holatga keltirildi.