BMT Bosh Assambleyasi Pan Gi Munga bosh kotiblik lavozimidagi 10 yillik mehnati uchun minnatdorlik bildirdi hamda u mazkur vaqt ichida erishgan yutuqlarni, shu jumladan, iqlim bo‘yicha Parij kelishuvining qabul qilinishini e’tirof etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu boradagi rezolyutsiya ovoz berishsiz qabul qilindi.
Hujjatda Pan Gi Munga “tashkilot ishiga qo‘shgan alohida hissasi hamda uning insonlar hayotini yaxshilash va sayyoramizni himoya qilish ishidagi sezilarli yutuqlari” uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.
Ayniqsa siyosiy, diplomatik va tashkiliy xarakterdagi ko‘plab dalil tashabbuslar alohida qayd qilib o‘tildi.
Bosh Assambleya 71-sessiyasi raisi Piter Tomson o‘z chiqishida Pan Gi Mun va uning jamoasi olib borgan ishni yuksak baholadi.
Shuningdek, besh mintaqaviy guruhlar vakillari ham minnatdorlik so‘zlarini aytdi. Bundan tashqari, AQSh delegatsiyasi xalqaro tashkilot shtab-kvartirasini qabul qiluvchi taraf sifatida chiqish qildi.
Pan Gi Mun 2007-yildan buyon BMTga rahbarlik qiladi. Oktabrda Bosh Assambleya keyingi bosh kotib etib Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishni tayinladi. 12-dekabr, dushanba kuni u qasamyodga keltiriladi, 2017-yil 1-yanvardan esa o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.