Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bolgariyaning Shumen shahrida yuz bergan temir yo‘l avariyasi qurbonlari soni yetti kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat yong‘in xavfsizligi va aholi himoyasi boshqarmasi bosh komissari Nikolay Nikolov ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Oldinroq besh kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.

“Afsuski, halok bo‘lganlar soni ko‘paydi va yetti kishiga yetdi. 29 kishi jarohat oldi, shifokorlar ulardan ayrimlarining holatini o‘ta og‘ir deb baholamoqda. Hodisa joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda”, — ta’kidladi Nikolov.

Temir yo‘l avariyasi qurbonlari xotirasiga 12-dekabr, dushanba mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda