Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bolgariyaning Shumen shahrida yuz bergan temir yo‘l avariyasi qurbonlari xotirasiga 12-dekabr, dushanba mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qilinadi. Bu haqda hukumat axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Boyko Borisovga ko‘ra, hozirda mazkur avariya oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. 30 kishi jarohatlandi, ulardan 3 nafarining holati o‘ta og‘ir. Hodisa joyini mamlakatning saylangan prezidenti Rumen Radev ko‘zdan kechirgani bildirilmoqda.

Falokat yuz bergan manzilda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Shikastlanmay qolgan sisternalardan gazni chiqarib olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xitrino temir yo‘l stansiyasi yaqinida yashovchi mingga yaqin kishi vaqtincha evakuatsiya qilinadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi