Dekabr oyi boshlanganidan buyon Tailand janubidagi suv toshqini oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tabiiy ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini yumshatish departamenti rahbari Chatchay Pxomlert brifing chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Toshqinning dastlabki sakkiz kunida 22 kishi halok bo‘ldi”, — ma’lum qildi Pxomlert.
Ilgari qurbonlar soni 14 kishini tashkil etgani bildirilgan edi.
Tailand janubidagi 12 provinsiyada kuchli va davomli yog‘ingarchiliklar bois toshqinlar kelib chiqdi. Ushbu hududda 750 ming kishi istiqomat qiladi. Chet ellik turistlar orasida mashhur Samui va Pxangan orollari halokat zonasi deb e’lon qilindi.
Izoh (0)