Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatdagi millatlararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni 25 yillik mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan asosiy yutuq va chinakam xazina deb hisoblaydi. Bu haqda u Qozog‘iston xalqi assambleyasi etnomadaniy birlashmalari festivali chog‘idagi chiqishida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz birdamlik va barqarorlikning o‘ziga xos ruhiyatini shakllantira oldik. Qozog‘istonda yashash, o‘qish, ishlash, bolalarni tarbiyalash barcha fuqarolar uchun qulay. Tinchlik, totuvlik, barqarorlik — 25 yillik mustaqillikning asosiy boyligidir”, — dedi davlat rahbari.
Tadbir Qozog‘iston mustaqilligi tantanalari munosabati bilan o‘tkazildi. Shu munosabat bilan Ostonadagi “Sariarqa” velotrekida 10 mingdan ortiq odam to‘plandi. Ular orasida Qozog‘istonda istiqomat qiluvchi turli millat va elat vakillari bor.
Izoh (0)