Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning 2015-yildagi daromadi 227 million dollarni tashkil qilgandi. Ushbu ma’lumot portugaliyalik futbolchining agentiga Jorje Mendeshga tegishli firmaning rasmiy saytida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Avvalroq Germaniyaning “Shpigel” haftalik gazetasi Football Leaks onlayn platformasiga asoslanib, Krishtianu Ronaldu bir necha yillardan buyon pullarini Virjiniya orollariga qarashli ofshorlarda saqlashi va buning ortidan bir necha o‘n million yevro soliq to‘lashdan qochgani haqida ma’lum qilgandi. Taxminlarga ko‘ra, futbolchi reklamadan tushgan daromadlarining 75 millionini aynan ofshor firmalarga yo‘naltirgan.
“Mazkur hujjat soliq organlari Ronalduning aktivlari va daromadlari haqida ma’lumotga ega ekanini tasdiqlaydi. Futbolchi barcha soliq majburiyatlariga professional faoliyatini boshlagan vaqtdan buyon barcha mamlakatlarda amal qilib keladi va unda bu borada muammolar bo‘lmagan. Ronaldu va uning vakillari hukumat rasmiylari bilan hamkorlik qilishga tayyor”, – deyiladi xabarda.
Ronaldu va u bilan bog‘liq soliq bo‘yicha ehtimoliy firibgarlik yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)