Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Axloq qo‘mitasi Janubiy Afrika futbol federatsiyasi (SAFA) sobiq prezidenti Kirsten Nematandanini futbolga oid faoliyatdan 5 yilga chetlatdi. Bu haqda FIFA matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, FIFA Axloq qo‘mitasi Zimbabve futbol assotsiatsiyasi sobiq mansabdori Jonatan Musavengana hamda Togo terma jamoasi sobiq ustozi Banna Chanaylni futbol faoliyatidan umrbod diskvalifikatsiya qildi. Bunga sabab sifatida 2010-yili Janubiy Afrikada o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar ko‘rsatilgan.
Musavengana va Chanayl pora olish va korrupsiyaga oid ishlarda aybdor deb topildi. Diskvalifikatsiya 8-dekabr kuni kuchga kirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)