8–9-dekabr kunlari Gamburg shahrida (Germaniya) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 23-majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
UzReport xabariga ko‘ra, anjumanda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Abdulaziz Kamilov majlis doirasida chiqish qildi.
Navbatdagi TIVK YXHTning amaldagi raisi, Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer rahbarligi ostida o‘tdi.
Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan va YXHT hududidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini qamrab olgan masalalar muhokama qilindi.
Majlis yakunlariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.
YXHTning keyingi Vazirlar uchrashuvi 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab tashkilotda raislik qiluvchi Avstriyada kelayotgan yili bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)