Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi AQSh va Fransiya Harbiy-dengiz kuchlari aviatashuvchi zarba guruhlari IShID marralariga qarshi qo‘shma operatsiyalarni boshladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar harbiy-dengiz kuchlari ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: ABC News

Foto: ABC News

“Terrorizmga qarshi, IShIDga qarshi kurashish xalqaro masala hisoblanadi. Barcha mamlakatlar birgalikda kurashishi zarur. Fransiya va Amerika aviatashuvchilarining birgalikdagi harakati IShIDga qarshi jamoaviy ishlarning yorqin ifodasi hisoblanadi”, — dedi fransuz aviatashuvchi guruhi qo‘mondoni Olivye Leba amerikalik hamkasblari bilan “Sharl de Goll” bortidagi uchrashuvda.

4-dekabr, yakshanba kuni Suvaysh kanali orqali sharqiy O‘rtayer dengiziga kirgan AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining “Eyzenxauer” aviatashuvchi guruhi Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchisi guruhi bilan birgalikdagi harakatlarni amalga oshiradi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi