Nukusda Sog‘lom ona va bola yiliga bag‘ishlab “Gimnastika barcha uchun” sport festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar va 50 yoshdan oshgan uy bekalaridan tarkib topgan jamoalar o‘zaro bahslashdi.
Musobaqada ishtirok etgan 20 ga yaqin jamoa o‘zlari tayyorlab kelgan 3 daqiqalik dasturni namoyish etdi. Ular ijrosidagi musiqiy harakatlar, milliylikka xos liboslar hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.
Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)