Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gretsiya sudi Turkiyaga uch nafar turk harbiyini topshirish haqida qaror qabul qildi. Ular davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng Gretsiyaga qochib, u yerdan boshpana so‘ragan edi. Bu haqda Hurriyet gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ekstraditsiya haqidagi qaror Gretsiya sudining Anqaraga harbiylarni bermaslik haqidagi qaroridan bir kun o‘tib qabul qilindi. Sudyalar ekstraditsiya ularning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin degan xulosaga kelgan edi.

Sakkiz nafar turk harbiyining ekstraditsiya ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi 28-noyabrda bo‘lib o‘tdi. Uch nafar mayor, uch nafar kapitan va ikki unter-ofitser isyonda ishtirok etmaganligi, hayotiga tahdid tufayli qochganligini ta’kidlagan.

Ular o‘z tushuntirishlarida davlat to‘ntarishiga urinish sodir etilgan kechada o‘z bazasini tark etib, yaradorlarni olib kelish uchun Istanbulga yo‘l olganligi, biroq u yerda hujumga uchraganligini ma’lum qilgan. Harbiylar bazaga qaytganda, u yerda ham o‘qqa tutilgan. Shundan keyin Gretsiyaga uchish haqidagi qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 16-iyulga o‘tar kechasi davlat to‘ntarishiga urinish sodir etilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda