Gretsiya sudi Turkiyada iyul oyida amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatdan qochgan uch harbiy xizmatchini ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi Anqara rasmiy so‘rovini rad etdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Men bu qarordan juda mamnunman. Sud ularni ekstraditsiya qilmasligi kerak edi. Sud xolis bo‘ldi”, — deb munosabat bildirdi bunga harbiylarning advokati.
16-iyul kuni sakkiz nafar turkiyalik harbiy xizmatchi vertolyotda Gretsiyaga yetib keldi. Ular SOS signalini berib, favqulodda qo‘nishga ruxsat so‘radi. Harbiylar o‘zlarining putchga aloqadorligini inkor etmoqda, shunga qaramay, Turkiya ularni harbiy to‘ntarishga aloqadorlikda ayblamoqda. Ular chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun ikki oyga hibsga olindi, ammo sud jazoni shartliga almashtirib, uni uch yilga ortga surdi.
Avgust oyida Turkiya hukumati Gretsiyaga harbiylarni ekstraditsiya qilish yuzasidan so‘rov kiritdi.