Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniyada jamoatchilik joylarida yuzni to‘liq yopib turadigan diniy libos kiyishni taqiqlashga chaqirdi, deb yozadi “RBK”. Bu haqda u “Xristian-demokratik ittifoq” partiyasining Essendagi syezdida aytib o‘tdi.
“Yuzni to‘liq yopib turadigan to‘r taqiqlanishi kerak”, — dedi u. Shuningdek, Merkel “ba’zan Germaniyada uzoq vaqtdan buyon yashab kelayotgan kishilar integratsiya kursida o‘qishi kerakligi haqida taassurot uyg‘onishi”ni qo‘shimcha qildi.
Bu kanslerning ushbu masala bo‘yicha omma oldidagi birinchi nutqi bo‘ldi va partiyaning mingga yaqin delegatlari yig‘ilgan zalda gulduros qarsaklar bilan qarshi olindi.
Izoh (0)