Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Adigeya Respublikasida yunon-rum kurashi bo‘yicha an’anaviy xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Olamsport” xabar bermoqda.
Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan 4 nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Rio–2016 Olimpiaada ishtirokchisi, bir necha karra Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon vitse-chempioni Rustam Assakalov -98 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ilhom Bahromov (-59 kg), Aram Vardanyan (-66 kg) va Mo‘minjon Abdullayev (-130 kg)xalqaro xotira turnirining bronza medali bilan taqdirlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)