Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Time jurnali o‘quvchilari tomonidan Yil odami deb topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Modi ovozlarning 18 foizini to‘pladi va AQSh prezidenti Barak Obama, oxirgi saylovlarda AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp va WikiLeaks rahbari Julian Assanjdan ilgarilab ketdi. Ularning har biri uchun so‘rovda qatnashganlarning 7 foizi ovoz bergan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Facebook asoschisi Mark Sukerberg ikki foiz, sobiq birinchi xonim Hillari Klinton esa to‘rt foiz ovoz to‘plagan.
Time versiyasi bo‘yicha dunyoning eng nufuzli kishilari reytingi 7-dekabrda chop etiladi. Kim Yil odami deb topilishini jurnal muharrirlari hal qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)