Angliyaning “Sheffild Uensdey” hamda “Preston” klublari o‘rtasidagi bellashuvda qiziqarli voqea sodir bo‘lib, bir jamoaning ikki futbolchisi maydonning o‘zida munosabatlariga oydinlik kiritishga urindi.
Bir jamoaning ikki futbolchisini ajratish uchun raqib jamoa futbolchilari ham qaysidir ma’noda jonbozlik ko‘rsatdi. Vaziyatni kuzatib turgan hakam esa har ikki futbolchiga mushtlashish uchun yaxshi sharoit yaratib berdi, ya’ni, ularni maydondan chetlatdi.
Futbolchilar yechinish xonasida bir-biridan uzr so‘ragani aytilgan bo‘lsa-da, ularga nisbatan baribir intizomiy chora ko‘rilishi qayd etib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, “Sheffild Uensdey” hamda “Preston” klublari Chempionship Liga ishtirokchilari bo‘lib, bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida ustun keldi. 3-dekabr kuni o‘tkazilgan o‘yinning 90-daqiqasiga kelib “Preston” futbolchilari Oven Doyl (Irlandiya) hamda Jermeyn Bekford (Yamayka) xulqi uchun chetlatilgandi.
Izoh (0)