O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan rossiyalik senator, mamlakat mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Muxarbek Didigov “Daryo” muxbiriga intervyu berib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men O‘zbekistonga uchinchi bor tashrif buyurdim. Ilgari parlament saylovlarida ham qatnashgan edim, mana endi prezident saylovida ishtirok etmoqdaman. Aytishim kerakki, tashkilotchilik yuqori darajada bo‘lgan. Tibbiyot punktidan tortib, bolalar uchun sharoitlarga qadar unutilmagani qoyil qoldirdi”, — dedi rossiyalik senator.
“Meni xayron qoldirgan yana bir narsa, saylovchilarning erta tongdan, kun yorishmay turib tashrif buyurishi. O‘zim saylov uchastkasi ochilishiga keldim va saylovchilarning keti uzilmayotganini, ayniqsa, yoshi keksa insonlarning tongdanoq kela boshlagani kayfiyatimni ko‘tardi. Odamlar yuzidagi ko‘tarinkilik esa men aytishim mumkin bo‘lgan eng yaxshi holatdir”, — deb fikriga yakun yasadi kuzatuvchi.
Izoh (0)