Andreas Yan
“O‘zbekiston Markaziy Osiyoning barqarorligini va izchil rivojlanishini ta’minlashda birlamchi o‘rin tutadi.
Qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikning faollashish darajasi, demokratik islohotlarning chuqurlashishi, jamiyatning modernizatsiyalashuvi va iqtisodiyotning liberallashuvi diqqatga sazovor”.Ekxard Priller
“O‘zbekistondagi ilgarigi parlament va Prezident saylovlarida kuzatuvchi sifatida qatnashib, respublikada saylov jarayoni izchil takomillashib borganiga guvoh bo‘ldim. Shu munosabat bilan oldinda turgan Prezident saylovi milliy saylov tizimining ochiqlik va demokratik darasi o‘sganini ko‘rsatishiga ishonchim komil.
O‘zbekistonning nohukumat tashkilotlarni oyoqqa turg‘izish va mustahkamlashdagi yutuqlarini e’tirof etmay ilojim yo‘q. ‘Kuchli davlatdan — kuchli jamiyatga’ prinsipini hayotga izchil tatbiq qilar ekan, O‘zbekiston bu sohada xorijning ijobiy tajribasini joriy etibgina qolmay, o‘zining bir qator namunaviy o‘rnaklarini taklif etmoqda, ularni boshqa davlatlar sinchiklab o‘rganishi lozim”.Lord Muhammad Iltof Shayx
“Men O‘zbekistonga qiziqdim, unga maftun bo‘ldim.
Bu voqealar, undagi shaxslarga maftun bo‘ldim.
Demokratiya? Siz yosh davlatsiz. Siyosat uchun chorak asr nima degan gap? Ammo Birinchi Prezident sharofati bilan sizlarda o‘sha ‘demokratiya’ bor.
Barchasi risoladagidek deb bo‘lmaydi. Dunyoda siyosati bekamu-ko‘st bo‘lgan mamlakat, davlat yo‘q, hamma joyda nuqson bor, ularning ustida ishlash kerak. Buni tushunish kerak.
‘Demokratiya’ning shakllanishi haqida esa men bir narsa aytmoqchi edim: bu nihoya emas. Bu hatto nihoyaning boshlanishi emas. Ammo bu, balki, boshlanishning nihoyasidir. Bu so‘zlar menga emas, Uinston Cherchillga, bizning britaniyalik siyosatchiga tegishli. U mazkur so‘zlarni ancha oldin, boshqa narsa haqida aytgan edi, ammo bu ularning bugungi dolzarbligini o‘zgartirmaydi”.Olivye For
“Demokratik jamiyat paydo bo‘lishi uchun demokratlar kerak. Ularni qayerdan olish kerak? Buning uchun ta’limnini rivojlantirish lozim, buning uchun baza kerak. O‘zbekiston yetarli ish qilmoqda, lekin vaqt ham kerak.
O‘ylaymanki, jahonda ‘o‘zbek modeli’ sifatida tan olingan sotsial-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot modeli o‘tish iqtisodiyotiga ega ko‘pgina davlatlar uchun namuna bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston buyuk va ajoyib mamlakat, boy tarix va madaniyat sohibi, u oldiga qo‘yilgan maqsad — zamonaviy, rivojlangan demokratik mamlakatlar qatoriga kirish maqsadi sari ishonch bilan ildamlamoqda. O‘zbekiston xalqiga bu yo‘lda, shu jumladan, ‘farovonlik va gullab-yashnash yili’ vazifalarini bajarish doirasida muvaffaqiyatlar tilayman”.
Izoh (0)