Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining davlat chegaralaridan avtotransport vositasi orqali chet el tovarlarini tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun yana bir yangi xizmati ishga tushirildi. Bu haqdagi xabar O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida e’lon qilindi.
Yangi xizmat “Chet el tovarlarining harakatiga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash haqida xabarnoma berish” deb ataladi.
Xizmatdan foydalanish vaqtida hujjatlar ilova qilinishi talab etilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 16-avgustdagi “Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 01-02/12-58-sonli qaroriga binoan ushbu xizmat bepul tarzda ko‘rsatiladi.
Xizmat natijasi avtomatik ravishda tizim orqali shakllantirilgan elektron tasdiqnoma va identifikatsiya kodini olish hisoblanadi.
Izoh (0)