Polsha janubi-sharqida joylashgan Polkovitse shahridagi Rudna mis konida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni sakkiz nafarga yetdi. To‘qqiz kishi qutqarilgan bo‘lib, ular turli darajada shikastlangan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Oldinroq hodisa oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingandi.
Rudna koni dunyodagi eng katta mis konlardan biri hisoblanib, unda 4 400 dan ortiq odam ishlaydi.
KGHM konserniga tegishli bo‘lgan kon egasining ma’lumotlariga qaraganda, silkinish oqibatida yer osti yo‘llarida yirik o‘pirilishlar yuzaga kelgan. Qutqaruv ishlari murakkab sharoitga qaramasdan, tanaffussiz davom ettirilgan. Barcha halok bo‘lganlarning jasadlari topilgan.
Polsha bosh vaziri Beata Shidlo hodisa joyiga yetib kelgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)