Rossiyalik taniqli sayohatchi Fyodor Konyuxov issiqlik aerostati (havo shari) uchun yangi balandlik rekordini  o‘rnatish maqsadida stratosferaga parvoz uchun start maydoni sifatida Yoqutistonni tanladi. Bu haqda respublika rahbari Yegor Borisovning rasmiy saytiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Hindistonlik Vijaypat Singanya erishgan natijani yaxshilash uchun (u 21 027 metrga ko‘tarilgan), kamida 21 658 metrgacha ko‘tarilish kerak bo‘ladi. Ammo besh marta dunyo bo‘ylab sayohat qilgan va barcha qutblarni zabt etgan Fyodor Konyuxov 25 ming metr balandlikka yetishga harakat qilmoqchi”, — deyiladi xabarda.

Konyuxovning fikricha, Yoqutistonning tabiiy sharoitlari muvaffaqiyatli start uchun optimaldir. Parvoz 2017-yilning avgust-sentabriga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik sayohatchi Fyodor Konyuxov havo sharida dunyo bo‘ylab sayohat bo‘yicha dunyo rekordini yangilagan, buning uchun unga 11 kun kerak bo‘lgan edi.