Xonanda Manzuraning Instagram sahifasi diniy mazmundagi gap-so‘zlar bilan to‘yingan, deb yozdi “Sayyod.com”. Muxlislar esa uning fikrlari ko‘rinishiga mutlaqo zid bo‘layotgani haqida izohlarda fikr bildirgan.
Shundan kelib chiqib “Sayyod.com” Manzuraga san’atdan ketish fikri paydo bo‘lgani yoki yo‘qligi borasida savol bilan murojaat qildi:
“Nega endi?! Ketmayman! Ismimni Hizr bobo qo‘ygan. Odamning taqdiri yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Mening taqdirimga shu kasb yozilgan. Bu mening sinovim, to‘g‘ri yurish kerak, tamom. Ishim menga juda ham yoqadi. Har bir kasbda yo‘ldan urguvchi narsa bor, odam nafsi deb ayniyapti”, — deb javob bergan Manzura.
Diniy fikrlaringiz shou-biznesdagi o‘rningizga zid degan fikrlar bildirilmoqda, “Rameo” klipiga qoldirilgan izohlarda ko‘rinishingiz bunga mos emasligi aytilgan, deya bildirilgan fikrga Manzura shunday javob berdi:
“Qanday ko‘rinishda bo‘lishim kerak ekan? Ko‘rinishim doimgidek, shunchaki yoshimga yosh qo‘shilyapti. Xudoga shukr, hamma joyim yopiq bo‘lsa... Unday bo‘lsang ham yoqmaysan, bunday bo‘lsang ham. Klipda yalang‘och emasman-ku, tavba, odamlarni ham tushunib bo‘lmaydi. Undagi imidjim dag‘alroq bo‘lsa, bu Xudoni unutdi deganimas-ku. Bunday noo‘rin tanqid qilayotgan odamlarni ochig‘i tushunmadim”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)