Rossiya 2016-yil yakunlariga ko‘ra ilk bor AQSh va Xitoyga qaraganda kamroq kosmik parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda “Roskosmos” rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Ivanov ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Joriy yilda ilk bor parvozlar soni AQSh va Xitoyga qaraganda kamroq bo‘ladi”, — dedi u. Ivanovning so‘zlariga qaraganda, bunga davlat korporatsiyasi oldida federal kosmik dastur doirasida boshqa masalalar turganligi sabab bo‘lgan. Ulardan asosiysi ko‘plab orbital guruhlarni tashkil etishdir.
U, shuningdek, eng yangi, yuqori klassdagi tashuvchi raketani yaratish uchun 1,5 trillion rubl miqdoridagi moliyalashtirish talab etilishini ta’kidlab o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)