Britaniya aviatsion hodisalarni tergov qilish byurosi (AAIB) Kolumbiyada ro‘y bergan aviahalokatning sabablarini aniqlashga yordam berish maqsadida o‘z mutaxassislarini yo‘llaydi. Bu haqda, idora bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Aviatsion hodisalarni tergov qilish byurosi Kolumbiyaga inspektorlar jamoasini yo‘llaydi. Ular Kolumbiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasiga Medelyindagi aviatsion hodisani tekshirishda yordam beradi”, — deyiladi bayonotda.
Layner 29-noyabrga o‘tar kechasi La-Unyon shahri yaqinida halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 72 yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Samolyot ichida futbol bo‘yicha Braziliya A seriyasida harakat qilayotgan “Shapekoense” klubining 27 futbolchisi bo‘lgani ham xabar qilingandi.
“Shapekoense” futbolchilari 1-dekabr kuni Kopa Sudamerikano – Janubiy Amerika mintaqasi klublari o‘rtasidagi Kopa Libertadores turniridan keyin nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turadigan musobaqasi doirasida “Atletiko Nasyonal” klubiga qarshi maydonga tushishi kerak bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kolumbiyadagi aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi.
Braziliyada aviahalokat qurbonlari xotirasiga motam e’lon qilindi.
Izoh (0)