Dunyodagi eng g‘aroyib kutubxonalardan biri Xitoyning Beydayxe shahar uyezdida joylashgan bo‘lib, u Sariq dengizning Boxay ko‘rfazidagi plyajda joylashgan alohida binodan iborat. Unga Mashable nashri e’tibor qaratdi, deb yozadi TJournal.
Kutubxonaga bevosita plyajdan yoki yaqinroqdagi piyodalar yo‘lakchasi orqali borish mumkin. Shunda ham 30 metrga yaqin masofa qum orqali o‘tiladi. Arxitektorlarning so‘zlariga qaraganda, bu orqali ular binoning dengiz peyzaji bilan yanada chambarchas bog‘lanishiga erishishni ko‘zlagan.
Mashable binoni dunyodagi eng tinch kutubxona deb ataganligiga qaramay, mavsumda unda ko‘p sonli kitobxonlarni uchratish mumkin.
Izoh (0)