Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida sodir etilgan terakt ishtirokchilaridan yetti nafari ixtisoslashtirilgan tumanlararo sud tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bular teraktning bevosita ishtirokchilari bo‘lmish Baqit Quanishbayev, Asxat Imang‘aliyev, Anuar Sadixov, Janabay Quanishbayev, Alibek Aqpanbetov, Arsen Tanatarov va Asxat Raxmetovlardir.
Yana ikki kishi — Aydos Jubanov va Azamat Abdraxmanov 25 va 22 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni noma’lum shaxslar Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida joylashgan bir qancha qurol do‘konlarini talon qildi, shundan so‘ng ular politsiya bilan to‘qnash kelgan edi. Bu voqea terakt deb baholandi.
Izoh (0)