Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash jarayonlarining huquqiy asoslari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir doirasida parlament quyi palatasining yangilangan rasmiy veb-sayti taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: Wikipedia

Foto: Wikipedia

Oliy Majlis quyi palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I. Abdullayev va boshqalar fuqarolarning so‘z va axborot olish erkinligi, axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Quyi palataning rasmiy veb-sayti foydalanuvchilarni oliy qonunchilik organlari faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlari to‘g‘risida xabardor qilib borish bilan bir qatorda parlamentning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining zamonaviy texnologik platformada yaratilgan, o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi shakllarga ega veb-saytining o‘ziga xos vazifa va xususiyatlari, keng imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda jamiyat va davlat hayotining turli jabhalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, davlat organlarining jamoatchilik institutlari oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish lozimligiga e’tibor qaratildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati