Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zlitineftgaz” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida “Neft va gazni qayta ishlash, muqobil yoqilg‘i” mavzusida ilmiy-texnik konferensiya tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: “O‘zbekneftgaz” MXK

Foto: “O‘zbekneftgaz” MXK

Tadbirda mamlakat neft qazib olish va qayta ishlash korxonalari xodimlari, olimlar, mutaxassislar, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekistonda gazni qayta ishlash va gaz-kimyo sohasining bugungi holati hamda istiqbolda rivojlantirish, uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Biogaz, bioetanol va elektr energiyasi olish bo‘yicha yangi texnologiyalar namoyish etildi. Neftni qayta ishlash asosida import o‘rnini bosadigan turli materiallar ishlab chiqarish va neft-gaz sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Ilmiy-texnik konferensiyada soha mutaxassislari o‘zaro tajriba va fikr almashdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)