Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri, poraxo‘rlikda ayblanib hibsga olingan Aleksey Ulyukayevni korrupsioner deyish uchun avval sud hukmini kutib turish lozim. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
Uning fikricha, sudning yakuniy qarori chiqquniga qadar Ulyukayev voqeasini korrupsion hodisa deb atash noto‘g‘ri.
Butunrossiya ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi o‘tkazgan so‘rov yakunlariga ko‘ra, respondentlarning ko‘pchiligi Ulyukayevning hibsga olinishini korrupsiyaga qarshi kurash emas, balki yuqori davralardagi hisoblashuv deb tushunadi.
Shu haqdagi savolga javob berarkan, Peskov voqeaning korrupsion jihati haqida gapirishga hali erta ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)