24-noyabr kuni Iroqning Hilla shahrida amalga oshirilgan portlash oqibatida 125 kishi halok bo‘ldi, 95 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bobil viloyatining ma’muriy markazi bo‘lmish Hilladan sharqroqdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida xudkush yuk mashinasini portlatib yubordi. Ilgariroq qurbonlar soni 21 kishini tashkil etgani ma’lum qilingan edi.
Qurbonlarning bir qismi iroqliklar bo‘lsa, bir qismi Karbalo ziyoratidan qaytayotgan eronliklar edi. U yerda eronliklar Ashuro kunining chillasida o‘tkaziladigan Arbain marosimlarida ishtirok etayotgan edi. Turli manbalarga ko‘ra, 40 nafardan 60 nafargacha eronlik ziyoratchilar halok bo‘ldi.
Izoh (0)