Navoiy shahrida yangi diagnostika markazi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Shoh” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ushbu markaz kuniga 100 nafar bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish imkoniyatiga ega zamonaviy MRT apparati bilan jihozlangan. Diagnostka ishlariga to‘qqiz nafar malakali tibbiyot xodimi jalb etildi.
Markazda kelgusida laboratoriya, nevropatologiya, davolash bo‘limlari ham ochilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)