Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) JCh–2018 turniriga saralash bosqichida harbiy ixtiloflar qurbonlari ramzi bo‘lmish lola-qizg‘aldoq tasviri tushirilgan futbolkalarda maydonga tushgani uchun Uels va Shimoliy Irlandiya terma jamoalariga nisbatan intizomiy ish ochdi. Bu haqda Sky Sports telekanaliga asoslanib, “TASS” ma’lum qilmoqda.
Shimoliy Irlandiya 11-noyabr kuni Ozarbayjonni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 12-noyabr kuni esa Uels termasi Serbiya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
FIFA lola-qizg‘aldoq siyosiy ramz ekanligini aytib, har ikki terma jamoaga ushbu ramz tushirilgan futbolkada o‘yin o‘tkazishni taqiqladi. FIFA qoidalariga muvofiq, futbolchilarning liboslaridagi tasvirlar diniy yoki siyosiy ma’noga ega bo‘lishi kerak emas. Biroq Shimoliy Irlandiya va Uels terma jamoasi bu tavsiyaga amal qilmadi.
Avvalroq shunga o‘xshash holat Angliya va Shotlandiya terma jamoalari uchrashuvida kuzatilgandi. FIFA ushbu mamlakat termalariga nisbatan sanksiyalar qo‘llashi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)