Rossiyalik uchuvchi Nepalda yengil motorli samolyot qulashida halok bo‘ldi. Uning yo‘lovchisi — kanadalik turist ayol og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi, deb xabar beradi “Interfaks” The Himalayan Times nashriga asoslanib.
Voqea 23-noyabr ertalabki soatlarida Nepal g‘arbidagi Kaski tumanining Pokxara shahri yaqinida ro‘y berdi. Aleksandr Maksimov boshqaruvidagi samolyot parvoz boshlanganidan ko‘p o‘tmay quladi. Erkak turistlar uchun tog‘larda parvozlar tashkil etuvchi kompaniyada ishlar edi.
27 yoshli kanadalik ayol Gandaki Medikal Kollejga yetkazildi.
Izoh (0)