AQShning Nyu-York shahrida sport kurashlari bo‘yicha AQSh olimpiya terma jamoasining 1972-yilgi bosh murabbiyi Bill Farrell xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnirda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Bekzod Abdurahmonov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Erkin kurash bahslarining -74 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Bekzod Abdurahmonov finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib bordi. Hal qiluvchi bellashuvda u turnir mezboni Aleks Dayrinjerga 2:8 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Musobaqaning bronza medali boshqa bir AQSh vakili – Mett Braunga nasib etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.