“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike “Seltik” klubiga qarshi YChL guruh bosqichi 5-turi oldidan jamoa hujumchisi Lionel Messining doim maydonga tushish istagi haqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Oxirgi mashg‘ulotda Messining holati yaxshi edi. Leo doim maydonga tushishni xohlaydi. U jiddiy sabab bo‘lsagina o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Messi maydonga tushmasligi uchun o‘zini juda yomon his qilishi kerak. Albatta, u ‘Seltika’ka qarshi o‘yinda maydonga tushadi”, – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Avvalroq 29 yoshli argentinalik futbolchi maydonga qaytishga tayyor ekani haqida ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Seltik” o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 24-noyabrga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)