Buyuk oyatulloh Abdulkarim Musaviy Ardabiliy Tehronda 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda, Eron televideniyesiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Oxirgi bir necha kun mobaynida oyatulloh Tehrondagi klinikalardan birida komada yotgan edi. U bir muddat ilgari og‘ir yurak xurujini boshdan kechirgan edi.
Musaviy Eron asoschisi imom Ruhulloh Musaviy Humayniyning yaqin safdoshlaridan biri edi. 1979-yilgi islom inqilobidan so‘ng u yuqori davlat lavozimlarini egallab keldi, jumladan, 1981–1989-yillarda Eron sud hokimiyatiga boshchilik qildi. Umrining so‘nggi yillarini Musaviy Ardabiliy diniy markaz bo‘lmish Qumda o‘tkazdi. U yerda buyuk oyatulloh ilohiyot bilan shug‘ullandi.
Izoh (0)